1

Indoneziyaning eng mashhur oilasi Samarqandga tashrif buyurdi

Jamiyat 08.01.2019, 13:04
Indoneziyaning eng mashhur oilasi Samarqandga tashrif buyurdi

Joriy yilning 6-7 yanvar kunlari Indoneziyaning eng mashhur oilalaridan biri hisoblanmish Gen Halilintar oilasi Samarqandga tashrif buyurib, shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishdi. Bu haqda viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Gen Halilintar oilasi Samarqandning tarixiy obidalari hamda muqaddas qadamjolari, shuningdek, o`zbek xalqining madaniyati va urf-odatlaridan hayratda ekanliklarini ma`lum qilishdi.

Ushbu oila "MY FRIENDS MY STARS", "GEN+HALILINTAR=11 KIDS", "OʻZBEKISTON MEHMONDOʻST DAVLAT" kabi xaridorgir kitoblar muallifi hisoblanishadi.

Ular o`z tashriflari davomida o`z kitoblaridan esdalik sifatida sovg`a qilishdi.

Shuni ta`kidlab o`tish joizki, oila 25 mln. ga yaqin obunachilarga ega oilaviy Youtube sahifa egasi hisoblanadi.

Ularning tashrifidan maqsad Samarqandning turistik salohiyatini yanada oshirish hamda sohaga o`z investisiyalarini kiritishdan iboratdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1