1

Toshkentda yurib ketayotgan yuk avtomobilining motori yonib ketdi

Jamiyat 08.01.2019, 14:58
Toshkentda yurib ketayotgan yuk avtomobilining motori yonib ketdi

2019 yil 6 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Kichik xalqa yo`li va Maxtumquli ko`chalari kesishgan chorrahasida harakatlanib ketayotgan “HOWO” yuk avtomobilining motor qismi qisman yonib zararlangan. Bu haqda YoXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Fuqaro X.Z. boshqaruvidagi harakatlanib ketayotgan yuk avtomobilidagi yong`inni bartaraf etishga 2 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in zudlikda bartaraf etilgan. Yong`inni taxminiy kelib chiqish sababi yuk avtomobilining motor qismida qoldirilgan yonuvchan yoqilg`i-moy mahsulotiga shimdirilgan matoning alangalanishidan.

Tan jarohati olganlar yo`q. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1