AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonliklar qishdan qo`rqmasa ham bo`ladi

Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 27 iyundagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014-2015 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi qaroriga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasida ham kuz-qish mavsumiga puxta taraddud ko`rilmoqda, deya xabar beradi O`zA.
“Kommunal issiqlik markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan ijtimoiy ob`ektlar va turar joylarni qish mavsumida uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda.
– Qoraqalpog`iston Respublikasidagi 71 ijtimoiy ob`ekt hamda 36 ko`p qavatli turar joylarda istiqomat qilayotgan 900 xonadon bizning xizmatimizdan foydalanadi, – deydi jamiyat raisi N.Bokseboev. – Barcha turar joy va inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta`minlash uchun 39 qozonxona va ulardagi 115 qozon mavsumga taxt qilib qo`yildi. Ikkita qozon kapital ta`mirlanib, 1 kilometr issiqlik tarmog`ida o`rash ishlari bajarildi. Talabga javob bermaydigan gaz hisoblagichlar aniqlanib, yangilari bilan almashtirildi.
Qishning qahraton kunlarida ro`y beradigan kutilmagan holatlarda zudlik bilan muammoni bartaraf etish maqsadida maxsus avtotransportlar va payvandlash apparatlari tayyorlab qo`yildi. Qozonlar va yordamchi uskunalar uzluksiz ishlashi uchun nasos, elektrodvigatellarning ehtiyot qismlari va boshqa zarur asbob-uskunalar shay holatga keltirildi. 

    Boshqa yangiliklar