1

Boriy Alixonov: Ona sayyoramizning ko`rinishi tobora o`zgarib, tanazzulga yuz tutmoqda

Jamiyat 08.01.2019, 15:18
Boriy Alixonov: Ona sayyoramizning ko`rinishi tobora o`zgarib, tanazzulga yuz tutmoqda

O`zbekiston ekologik partiyasi ta`sis s`ezdida Boriy Alixonov nutq so`zladi, deya xabar berdi O`zA.

Atrof-muhitga e`tiborsizlik bilan munosabatda bo`lishimiz, tabiat qonunlarini bilib-bilmay buzishimiz oqibatida Ona sayyoramizning ko`rinishi tobora o`zgarib, tanazzulga yuz tutmoqda. Atmosfera havosining ifloslanishi, ichimlik suvining tanqisligi, yashil hududlarning kundan kunga kamayib borishi kuzatilmoqda.

Tabiatdagi bioxilma-xillikka, atrof muhitga putur etmoqda. Tabiat esa insoniyat yillar davomida etkazgan va etkazayotgan antropogen ta`sirning javobini allaqachon qaytarish bosqichiga o`tgan: o`rmon yong`inlari, suv toshqinlari, qurg`oqchilik, bo`ronlar...

Jahon resurslari instituti hisob-kitoblariga ko`ra, 2025 yilga borib dunyo aholisining uchdan ikki qismi, ayniqsa, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va G`arbiy Osiyo aholisi suv resurslari taqchil hududlar sirasiga kirib qoladi. Suv taqchilligi hozirgi kunda Suriyadagi urushning asosiy sabablaridan biri sifatida e`tirof etiladi va ehtimol, yanada ko`proq mojarolar keltirib chiqaradigan va qochoqlar oqimini ko`paytiradigan manbaga aylanadi.

Suv taqchilligini boshidan kechirayotgan 10 mamlakatning sakkiztasi Yaqin Sharqda joylashgan. Ular cho`llanishga, erosti suvlari sathining tushib ketishiga, ko`p yillik qurg`oqchilikka, suv resurslariga egalik qilish borasida millatlararo bahslarga, suv resurslaridan norasional foydalanishga mahkumlar. Bularning bari shundoq ham keskin mintaqadagi beqarorlikni kuchaytiradi.
Boriy Alixonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1