1

Yakkabog`da 83 yoshli piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qo`lga olindi

Jamiyat 08.01.2019, 15:56
Yakkabog`da 83 yoshli piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qo`lga olindi

Shu yilning 6 yanvar kuni noma`lum haydovchi davlat raqamlari aniqlanmagan “Neksiya” rusumli avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida haydab ketayotib “Yangiobod” MFYda yashagan piyoda X.P.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada X.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.Ko`rilgan choralar natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini Yakkabog` tumani “Jiyda” MFYda yashovchi 23 yoshli O`.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1