1

​Andijonlik talabalarga xorijlik professorlar onlayn vebinar ma`ruzalar o`qishdi

Jamiyat 08.01.2019, 19:11
​Andijonlik talabalarga xorijlik professorlar  onlayn vebinar ma`ruzalar o`qishdi

O`tgan yili Toshkentda o`tkazilgan birinchi O`zbekiston-Rossiya ta`lim forumida Andijon davlat universiteti Rossiya Federasiyasining Mordoviya davlat universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzolagan.

Memorandumga ko`ra, 2019/2020 o`quv yilidan boshlab universitetda Mordoviya davlat universiteti bilan qo`shma dasturlar asosida talabalarni o`qitish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari hamkorlik asosida rossiyalik professorlar tomonidan andijonlik talabalar uchun onlayn tarzida o`quv mashg`ulotlarini olib borish rejasi ishlab chiqildi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati xabariga ko`ra, dastlabki onlayn tarzdagi vebinar ma`ruzalarni Mordoviya davlat universiteti matematik analiz kafedrasi professorlari Ravilya Bekmurzina hamda Anna Klimovalar universitetning matematika ta`lim yo`nalishi 3-bosqich talabalari uchun olib borishdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1