1

"Men harbiy bo`laman" rasmlar tanlovi g`oliblari taqdirlandi

Jamiyat 08.01.2019, 19:22
"Men harbiy bo`laman" rasmlar tanlovi g`oliblari taqdirlandi

Samarqanddagi “Yoshlar markazi”da Markaziy harbiy okrug, viloyat hokimligi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi bilan hamkorlikda “Men harbiy bo`laman” shiori ostida rasmlar tanlovi bo`lib o`tdi.

Unda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi o`rinbosari Alisher Sa`dullaev, Markaziy harbiy okrug qo`mondonligi hamda o`quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlovda yurtimiz tinchligi yo`lida xizmat qilayotgan mard va jasur o`g`lonlar hayoti, chegara qo`shinlarida xizmat vazifasini o`tayotgan askarlar aks etgan rasmlar namoyish etildi. Yosh rassomlar mahoratini ko`rsatib bergan mazkur tanlov Vatanga bo`lgan muhabbat, sadoqat, jasorat, faxr va iftixor tuyg`ularini teran anglash imkonini berdi.

Shuningdek, tanlovda buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temurning shonli harbiy yurishlari ham g`urur va qat`iyat mujassam bo`lgan suratlarda aks ettirildi.

Tanlov natijalariga ko`ra, “Mening armiyam – mening faxrim” yo`nalishi bo`yicha 1-o`rin Aziza Esonovaga nasib etdi. “Men ham harbiy bo`laman” yo`nalishida 1-o`rinni Doniyor Boltaev qo`lga kiritdi. “Sohibqiron Amir Temur portreti” yo`nalishi bo`yicha esa 1-o`ringa Sanjar Ismatov munosib deb topildi.

G`oliblar diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

05012019_samarqand_tanlov1.jpg

photo_2019-01-07_18-01-28.jpg

photo_2019-01-07_18-01-42.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1