1

Ko`krak saratonidan aziyat chekayotganlar har yili bir foizga oshib bormoqda

Jamiyat 09.01.2019, 09:47
Ko`krak saratonidan aziyat chekayotganlar har yili bir foizga oshib bormoqda

Bir guruh tojikistonlik olimlar o`tkazgan va kuni kecha e`lon qilingan tadqiqot natijalariga ko`ra, mamlakatda ko`krak saratoni bezidan aziyat chekayotgan ayollar soni ortmoqda. Tibbiyot fanlari doktori Same` Rasulov, professor Zarrina Rofieva va yosh olim Koshif Rasulov bu muammoni 2006 yildan 2016 yilgacha o`rganib chiqishdi va shu davr mobaynida ko`krak saratonidan aziyat chekayotgan ayollar soni har yili bir foizga oshib borayotganiga ishonch hosil qildilar.

Agar 2006 yilda ko`krak saratonidan 229 ayol aziyat chekkan bo`lsa, 2016 yilga kelib 467 nafar ayolning bu dardga mubtalo bo`lgani rasman qayd qilingan, deyiladi tadqiqotda. Faqat 2016 yilning o`zida Tojikistonda ko`krak saratoni tufayli 312 nafar xotin-qiz vafot etdi.

Tadqiqotchilarning so`zlariga qaraganda, Tojikistonda ko`krak saratoni keng tarqalgan onkologik kasalliklar orasida bachadon saratonidan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Onkologlar kasallik yosharib borayotganidan tashvishga tushmoqda – avvallari ko`krak saratoni 35 yosh va undan kattalarda uchragan bo`lsa, endili
kda 25 yoshli ayollarda ham kuzatilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 2006-2016 yillarda ko`krak saratonidan 45 yoshdan 54 yoshgacha bo`lgan 4 mingdan ortiq tojik ayoli jabr chekishgan. Bu dard hatto 97 yoshli keksa ayolda ham qayd qilindi.

2018 yilda bu kasallik 627 ming nafar ayolni hayotdan olib ketdi, deya xabar beradi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti.

Sharofiddin To`laganov, O`zA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1