1

Magnus Karlsenni mag`lubiyatga uchratgan grossmeyster harbiy xizmatchilarga master-klass o`tdi

Jamiyat 10.01.2019, 10:42
Magnus Karlsenni mag`lubiyatga uchratgan grossmeyster harbiy xizmatchilarga master-klass o`tdi

Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtida xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Abdusattorov hamda xalqaro toifadagi sport ustasi Shamsiddin Vohidov ishtirokida shaxmat bo`yicha master-klass darsi bo`lib o`tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bilim yurti harbiy xizmatchilari va ularning farzandlari, kursant va askarlari shtirok etgan uchrashuv davomida chempionlar bilan bo`lgan suhbat barchada iliq taassurot qoldirish bilan bir qatorda, yig`ilganlarning shaxmatga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirdi. Tadbir davomida jahon chempionlari bilan musobaqa tashkil etilib, Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Voxidov bir vaqtning o`zida harbiy xizmatchilar, kursantlar va bolalar tarkibidan iborat 10 nafar raqib bilan tezkor shaxmat musobaqasida bellashdilar.

Uchrashuv so`nggida shaxmat bo`yicha O`zbekiston erkaklar terma jamoasining bosh murabbiyi Saidali Yuldashev hamda yosh grossmeysterlar bilim yurti boshlig`i nomidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, mehmonlar bilim yurtining «Faxriy mehmonlar» kitobiga o`z dasxatini qoldirdi.

Xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 2018 yilning dekabr oyida Turkiyaning Konya shahrida o`smirlar o`rtasida o`tkazilgan Jahon shaxmat olimpiadasida oltin medalga sazovor bo`lgan. Dunyo bo`yicha eng yosh xalqaro toifadagi grossmeysterlardan biri hisoblanadi.

Shamsiddin Vohidov esa o`tgan yili Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmat bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasida rapid hamda blits yo`nalishi bo`yicha o`tkazilgan jahon chempionatida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik xalqaro grossmeyster Magnus Karlsenni mag`lubiyatga uchratgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1