1

Yoshlar uchun harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" bo`lib o`tdi

Jamiyat 10.01.2019, 12:14
Yoshlar uchun harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" bo`lib o`tdi

Yoshlar ittifoqining O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidagi Etakchilar Kengashi hamda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta`minlash qo`shinlari bosh boshqarmasi tashabbusi bilan qo`shin tarkibiga kiruvchi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga poytaxtning Yashnobod va Mirobod tumanlaridagi bir qator maktab va lisey o`quvchilari, harbiy xizmatchilarning oila a`zolari hamda 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif etildi.

Harbiy qism saf maydonida qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko`rgazmasi, askarlar tomonidan tayyorlangan harbiy-jangovar ko`rgazmali chiqishlar hamda askarlar yotoqxonasi va mashg`ulotxonalariga sayohat bolalarda katta taassurot qoldirdi.

IIV Alohida namunali-ko`rgazmali orkestri hamda Ashula va raqs ansambli san`atkorlarining vatarparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo`shiqlari hamda tashkil etilgan yangi kitoblar savdo yarmarkalari tashrif buyuruvchilarga birday manzur bo`ldi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yakunida “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun bayram dasturxoni yozildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1