1

Toshkent viloyatida "Neksiya" haydovchisi 1-sinf o`quvchisini urib yubordi

Jamiyat 10.01.2019, 17:07
Toshkent viloyatida "Neksiya" haydovchisi 1-sinf o`quvchisini urib yubordi

Joriy yilning 7 yanvar kuni soat taxminan 14:30 larda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida, "Neksiya" rusumli avtomobil haydovchisi 1976 yilda tug`ilgan K.N. yo`lni chap tomondan o`ng tomonga kesib o`tayotgan 2011 yilda tug`ilgan voyaga etmagan piyoda A.I.ni urib yuborgan, natijada A.I. olgan og`ir tan jarohati oqibatida Quyi Chirchiq tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi.

Dastlabki tergov oldi surishtiruv ma`lumotlariga ko`ra, ota-onasining nazoratidan chetda qolgan A.I yo`l yuzida joylashgan do`kondan chiqib, yo`lni belgilanmagan qismidan yugurib o`tayotgan vaqtida ushbu yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan, deb yozmoqda O`zA.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasining tegishli qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ota-onalardan jondan aziz farzandlarini qarovsiz qoldirmaslik, avtomobil yo`liga ularni yolg`iz chiqarmasliklarini so`rab qolamiz. Zero farzandlarimiz bizning kelajagimizdir. Ularni e`tiborsiz qoldirish kelajakni yutqazish demakdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1