AsosiyJamiyat

Podmoskoveda O`zbekiston fuqarosi yuk mashinasida 20 metrlik o`raga quladi

'Podmoskoveda O`zbekiston fuqarosi yuk mashinasida 20 metrlik o`raga quladi    'ning rasmi

Podmoskovening "Skolkovo" innovasion markazi hududida KamAZ avtomobili qazib qo`yilgan chuqurligi 20 metrlik o`raga quladi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Moskva OAVlari ma`lumotlariga ko`ra, yuk mashinasi katta tezlikda temir to`siqqa kelib urilgan va chuqurga qulagan.

Ikki kishi: yuk mashinasini boshqargan 38 yashar O`zbekiston fuqarosi va bir yo`lovchi avariya qurboni bo`lganliklari xabar qilinmoqda.

Rossiyada migrantlarning baxtsix hdisalarga uchrashlari haqidagi xabarlar matbuotda e`lon qilib boriladi.

Xususan o`tgan yil aprel oyida Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida o`zbekistonlik mehnat migranti tepalikdan tushib ketgan edi.

    Boshqa yangiliklar