1

Fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi

Jamiyat 10.01.2019, 22:17
Fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta`minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 190-moddasiga (fohishalik) quyidagi o`zgartish kiritildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi, bu ish bilan shug`ullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan etti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi (ilgari eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha).

Ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa eng kam ish haqining etti baravaridan o`n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1