“O`zekspomarkaz”da VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi davom etmoqda, deya xabar bermoqda O`zA.
Ushbu tadbirning uchinchi kunida “O`zbekenergo” va “O`zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyalari, “O`zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi, “O`zpaxtasanoat” va “O`zagromashservis” uyushmalari, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, “O`zbekko`mir”, “Texnolog” va “Agregat zavodi” aksiyadorlik jamiyatlari, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlari korxonalarining taqdimotlari bo`lib o`tdi.
Tadbirlarda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu forum ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kuchaytirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxonalar va tadbirkorlar o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgani ta`kidlandi.
Mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Energetika tarmog`ini modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, energiya tejash, yoqilg`i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
“O`zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mahsulotlarini sohaning o`nlab korxonalari stendlari bilan taqdim etmoqda. Bu erda zamonaviy elektr texnikasi jihozlari – izolyatorlar, transformatorlar, elektron hisoblagichlar, yuqori chidamli materiallar, ehtiyot qismlar, shuningdek, energiya tejaydigan diodli lampalar va quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan suv isitgichlar namoyish qilinmoqda. Kompaniya vakillari bu mahsulotlarga katta qiziqish bildirilayotgani va 400 milliard so`mlikdan ziyod shartnomalar tuzilganini ta`kidladi.
Nef-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan biridir. Mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan tub islohotlar samarasida birgina 2013 yilda 2,8 milliard AQSh dollaridan ziyod hajmda sarmoyalar o`zlashtirildi. Bu prognoz ko`rsatkichlaridan 11 foiz ko`pdir. “O`zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda geologiya-qidiruv, neft va gaz konlarini o`zlashtirish borasida yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirmoqda.
“O`zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarda mineral o`g`itlar, sun`iy tola, polimer materiallar, energetika, kimyo, tog`-kon sanoati uchun zarur bo`lgan kimyoviy reagentlar, o`simliklarni himoya qilish vositalari, defoliantlar, paxtachilikda ishlatiladigan plyonka singari bir yuz ellikdan ziyod turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
– Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi tarmoq korxonalari vakillari va boshqa sohalar sub`ektlari bilan muloqotlar o`tkazish, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish uchun yaxshi imkoniyatlar taqdim qilmoqda, – deydi “O`zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining marketing va tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi boshlig`i B.Nabiev. – Xususan, bugun Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi mamlakatlari kompaniyalari bilan yigirmadan ortiq shartnoma imzoladik.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik sub`ektlari eksport salohiyatini kengaytirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun ularga zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy ko`mak berish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar o`z samaralarini bermoqda.
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasida o`zaro foydali muzokaralar olib borilib, yangi shartnomalar imzolanmoqda.