1

Tekshiruv davomida qator bog`chalarda yashirin xonalarda berkitilgan oziq-ovqatlar va kanalizasiyaga 27 kg go`sht tashlab yuborilgani aniqlandi

Jamiyat 10.01.2019, 23:10
Tekshiruv davomida qator bog`chalarda yashirin xonalarda berkitilgan oziq-ovqatlar va kanalizasiyaga 27 kg go`sht tashlab yuborilgani aniqlandi

Maktabgacha ta`lim vazirligi vazirlikda tashkil etilgani ichki audit xizmatining 2018 yil yakuni bo`yicha tekshiruvlari natijalarini e`lon qildi.

Auditorlar tomonidan yashirin xonalarda berkitib qo`yilgan oziq-ovqat mahsulotlari aniqlangan. Masalan, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 596-sonli MTMda oziq-ovqat mahsulotlari torozi ostiga va yashirin xonaga, Sergeli tumanidagi 292-sonli MTMda choyshablar orasiga, Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 5-sonli MTMda elektroshit xonasiga, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi 8-sonli MTMda kir yuvish xonasiga yashirib qo`yilganligi aniqlangan.

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 596-sonli MTMda yashirib qo`yilgan oziq-ovqat mahsulotlari: go`sht — 11,7 kilogram, pishgan go`sht — 10,9 kilogram, tovuq go`shti — 4 kilogram, shakar — 23,8 kilogram, choy — 0,65 kilogram, qand — 1,45 kilogram, sariyog` — 5,5 kilogram, tuxum — 100 dona, sut — 2,5 litr.

Jizzax shahridagi 39-sonli MTM xodimlari auditorlar kelganida 27 kg. go`sht mahsulotini kanalizasiya chuquriga tashlab yuborishgan.

Shuningdek, MTM xodimlari tomonidan taomnomalarga o`zboshimchalik bilan o`zgartirishlar kirtilib, soxta taomnomalar tuzilganligi aniqlangan. Namangan viloyati Namangan tumanidagi 11-sonli MTMda oshxonadagi taomnoma, oziq-ovqat mahsulotlarini hisobdan chiqarish uchun buxgalteriyaga topshirilgan taomnoma bilan solishtirilganda bir-biriga to`g`ri kelmasligi aniqlandi, natijada 14,7 mln.so`mlik mahsulotlar ortiqcha hisobdan chiqarilgan.

Noqonuniy xarakatlardan yana biri, ota-onalarning bolalar ta`minoti uchun to`lovlarini hisoblashda imtiyozlarni noto`g`ri qo`llashdir. Namangan viloyati Norin tumanidagi 6-sonli ixtisoslashtirilgan MTMda 2016-2018 yillarda 54,9 mln.so`m to`lov pullari asossiz hisoblanmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1