1

«Mamlakatimizda saylov qonunchiligi: kecha va bugun» mavzusidagi vebinarda qanday masalalar ko`tarildi?

Jamiyat 11.01.2019, 09:57
«Mamlakatimizda saylov qonunchiligi: kecha va bugun» mavzusidagi vebinarda qanday masalalar ko`tarildi?

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida «Mamlakatimizda saylov qonunchiligi: kecha va bugun» mavzusida Respublika bo`yicha videoselektor shaklida seminar (vebinar) tashkil etildi. Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o`rinbosari Alisher Sa`dullaev, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yakubov, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent harbiy-texnik instituti dosenti, y.f.n. Sherzod Zulfiqorov o`z ma`ruzalari bilan, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta`lim muassasalarining boshlang`ich tashkiloti etakchilari tinglovchi ishtirok etdi.

Vebinarda mamlakatimizda olib borilayotgan saylov qonunchiligi, uning tarixi va istiqbollari, shuningdek joriy yilning yakunida o`tkazilishi rejalashtirilgan saylovlarda yoshlarning o`rni va roli borasida fikr-mulohazalar yuritildi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining birinchi o`rinbosari Alisher Sa`dullaev kirish so`zi bilan vebinarni ochib berib, siyosiy islohotlarda faol ishtirok etishda yoshlarning o`rnini oshirish va unga innovasion yondashish orqali yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini yuksaltirish Yoshlar ittifoqining asosiy maqsadi ekanligini ta`kidladi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq O`zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan, jumladan, saylov erkinligini ta`minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirish borasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo`yicha Konstitusiyamizda kafolatlangan huquqlarini mustahkamlash yuzasidan mutaxassislarning fikrlari bilan tanishdi.

Onlayn seminarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Agrar va suv xo`jaligi masalalari qo`mitasi a`zosi Shuhrat Yakubov o`zining «Mamlakatimizda mustaqillik yillarida saylov qonunchiligi yuzasidan olib borilgan islohotlar, istiqboldagi rejalar» mavzusidagi ma`ruzasida yurtimizda saylov tizimini takomillashtirish jarayoniga aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni jalb etishga alohida e`tibor qaratilayotganligini yoshlarimizning siyosiy va fuqarolik faolligini kuchaytirishga, yigit va qizlarimizda mamlakat va xalq taqdiriga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qilishi to`g`risida fikr bildirib, saylov jarayonining shakllanishi, mavjud muammolar, saylov qonunchiligidagi yangiliklarga to`xtalib o`tdi. Jumladan, saylovchilarning elektron ba`zasi yaratilishi va unda 18 yoshga to`lgan, saylash huquqiga ega fuqarolarning ro`yxati shakllantirilishi o`z navbatida ma`lumotlarning aniq va to`liqligini ta`minlashini qayd etdi.

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent harbiy-texnik instituti dosenti, yu.f.n. Sherzod Zulfiqorov o`z ma`ruzasida bugungi kunda saylov qonunchiligi, xalqaro tajriba va unda yoshlar faolligining ahamiyati masalalarini keng yoritib berdi. Mavzuga doir savol-javoblarda Respublika siyosiy – huquqiy ishlar yo`nalishi etakchisi Jahongir Fatxiddinov Fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlarining bevosita deputatlik saylovlariga o`z nomzodini qo`yishi bekor qilinayotganligi va bu orqali deputat bo`lganlar masalasiga oid savol bilan yuzlandi. Shuhrat Yakubov bunga javoban, 2019 yilda ularning vakolati tugashi va keyingi saylovlarda yangi chiqqan huquqiy me`yorlar asosida ish ko`rilishini ma`lum qildi.

Respublika sport-sog`lomlashtirish etakchisi Baxtiyor Xayrullaevning Ekologik harakat deputatlari bilan bog`liq savoliga javoban Sherzod Zulfiqorov Ekologik harakatning 1-Qurultoyi bo`lib o`tganligi va uning ham beshinchi siyosiy partiya sifatida shakllantirilayotganligi haqida atroflicha ma`lumot berdi.

Shahnoza Nurullaeva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1