1

​Quvaysoyda yangi Davlat xizmatlari markazi o`z faoliyatini boshladi

Jamiyat 11.01.2019, 10:22
​Quvaysoyda yangi Davlat  xizmatlari markazi o`z faoliyatini boshladi

Quvasoy shahri aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, mahalliy hokimiyat ko`magi bilan "Halq qabulxonasi" yagona brendi ostida, shahar markazidagi ikki qavatli bino kapital ta`mirlanib, fuqarolarga tezkor, shaffof va sifatli xizmat ko`rsatuvchi, barcha qulayliklarga ega bo`lgan Quvasoy shahar Davlat xizmatlari markazi binosi ochilish marosimi bo`lib o`tdi va tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Davlat xizmatlari markazi kuniga 400 nafarga yaqin fuqaro va tadbirkorlarga 70 dan ortiq davlat xizmatlari ko`rsatish imkoniyatiga ega.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida markazda bolalar maydonchasi, bank shoxobchasi, qulay va yumshoq o`rindiqlar o`rnatilgan dam olish xonasi va kutish zali mavjud.

Bino ochilish marosimida Farg`ona viloyat hokimi G`aniev Shuxrat Madaminovich, viloyat Halq qabulxonasi mudirasi Maxmudova Robiyaxon Anvarovna, Davlat xizmatlari agentligi Farg`ona viloyat boshqarmasi boshlig`i Boyqo`zieva Rano Karimovna hamda Quvasoy shahar hokimi Ziyavitdinov Adxam To`xtasinovich va yana bir qator mutasaddi tashlkilotlar rahbarlari qatnashdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1