AsosiyJamiyat

Buxoroda Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi

'Buxoroda Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi'ning rasmi

Buxoro shahridagi Yoshlar Markazida Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 27 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan –muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida tadbir o`tkazildi.

Buxoro harbiy-ma`muriy sektor rahbari, viloyat hokimi O`ktam Barnoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondonining bayram tabrigini o`qib eshittirdi.

Shundan so`ng, bir guruh soha hodimlariga Mudofaa vazirligi hamda Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining fahriy yorliqlari va esdalik sovg`alari topshirildi.

Tadbirda namoyish etilgan sahna ko`rinishlari hamda konsert dasturi yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Bayram dasturi Buxoro shahridagi “Sherbudin” marosimlar uyida davom etib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari uchun dasturxon yozildi.

    Boshqa yangiliklar