1

Ayol kishiga qo`l ko`targan kollej o`quvchisi qo`lga olindi

Jinoyat 14.01.2019, 14:58
Ayol kishiga qo`l ko`targan kollej o`quvchisi qo`lga olindi

2019 yil 11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani Tallimarjon shaharchasida yashovchi, Qarshi transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o`quvchisi B.M. Qarshi shahar 6-mikrorayonda o`zaro janjal tufayli tanishi, Koson tumani Xalqobod mahallasida yashovchi M.B. (ismli ayol)ning yuz, bosh va tanasining turli joylariga qo`llari bilan urib, jarohat etkazgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada M.B. kasalxonaga yotqizilib, B.M. qo`lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1