AsosiyJamiyat

Ellikqal`ada sportchi qizga Spark avtomobili topshirildi

'Ellikqal`ada sportchi qizga Spark avtomobili topshirildi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumanidagi “Nafosat” to`yxonasida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda sportchi qiz mukofotlandi. Bu haqda KRuz.uz xabar berdi.

Serbiya davlatida o`tkazilgan jahon chempionatida sportning sambo turi bo`yicha bronza medalini qo`lga kiritgan Guldursun ovul fuqarolar yig`inidan Mohigul Komiljonovaga tuman hokimligi tomonidan homiylarning “Spark” avtomobili topshirildi.

Shu kuni kurash bo`yicha vatanparvarlik oyligi doirasida musoboqa o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar