AsosiyJamiyat

Teatr va muzeylarga elektron biletlar joriy etiladi

'Teatr va muzeylarga elektron biletlar joriy etiladi'ning rasmi

Ushbu qaror Prezidentning 26.08.2018 yildagi PQ-3920-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida 2018-2020 yillarda madaniyat va san`at sohasini innovasion rivojlantirish «Yo`l xaritasi» tadbirlarining bajarilishi yuzasidan qabul qilindi. Bu haqda norma.uz xabar bermoqda.

BOYaETning 2020 yil 1 yanvarga qadar ishga tushirilishi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi tomonidan ta`minlanadi. Mazkur muddatga kelib, BOYaET doirasida internet-ekvayringni qo`llab xorijiy valyutada elektron to`lov va elektron biletlar sotib olishning zamonaviy mexanizmlari joriy qilinadi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bank operasiyalarining yagona elektron tizimi to`g`risida nizom;
  • Madaniyat va san`at muassasalarida biletlar sotishning avtomatik tizimidan foydalanmasdan bilet xo`jaligini yuritish tartibi to`g`risidagi nizom.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 12.01.2019 yildan kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar