Xorazm viloyatida "valyutafurushlar" ushlandi

Jinoyat 15.01.2019, 13:57
Xorazm viloyatida "valyutafurushlar" ushlandi

Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Yangibozor tuman bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va S.lar har bir AQSh dollarini 8450 so`mdan hisoblab, 7900 AQSh dollarini 66,7 mln. so`mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bundan tashqari, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro R. har bir AQSh dollarini 8320 so`mdan hisoblab, 11450 AQSh dollarini 95,2 mln. so`mga noqonuniy ravishda sotib olayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, fuqaro R.dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo`ljallangan 700 AQSh dollari, 133650 Rossiya rubli, 545700 qozoq tengesi va 64,8 mln. so`m pullar ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1