1

25 ming AQSh dollaridan ortiq mablag` noqonuniy muomaladan chiqarildi

Jinoyat 15.01.2019, 22:17
25 ming AQSh dollaridan ortiq mablag` noqonuniy muomaladan chiqarildi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu jarayonda fuqaro A.M. va J.Q. oldindan til biriktirib, 10 ming AQSh dollarini 84,7 million so`mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar.

Bundan tashqari, tadbir davomida fuqaro A.M.dan 15 ming 200 AQSh dollari, fuqaro J.Q.dan 5 ming rossiya rubli va 200 AQSh dollari ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1