1

Andijonda Sharda universitetining filiali tashkil etiladi

Jamiyat 15.01.2019, 22:48
Andijonda Sharda universitetining filiali tashkil etiladi

Ayni paytda Hindistonning Yangi Dehli shahrida xizmat safarida bo`lib turgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegasiya ilk kelishuvga erishdi, deb xabar berdi "Xalq so`zi" nashri.

Rasmiy tashrifning dastlabki kunida Sharda universiteti bilan memorandum imzolandi. Unga ko`ra, ushbu nufuzli universitet viloyatda o`z filialini ochadi va 100 million AQSh dollarilik investisiya kiritadi.

Ikki davlat o`rtasidagi bu kabi hamkorlik aloqalari natijasida viloyatga kirib kelishi kutilayotgan investisiyalar, eng avvalo, ish o`rinlarini yaratish, hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ma`lumot o`rnida: Sharda universiteti Hindiston Respublikasining Katta Noida shahrida joylashgan bo`lib, unda 20 ming nafardan ortiq talabalar muhandislik, tibbiyot, tillar tadqiqoti, menejment boshqaruvi, san`at, arxitektura hamda boshqa ko`plab mutaxassisliklar bo`yicha tahsil olishadi. Universitet dunyoning 110 dan ziyod xorijiy oliygohlari bilan shartnoma va kelishuvlarga erishgani sababli Hindiston Respublikasidagi eng ko`p xorijiy talabalarga ega bo`lgan o`quv maskani sanaladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1