1

Xorijga chiqish pasportlari egalariga topshirildi

Jamiyat 16.01.2019, 11:40
Xorijga chiqish pasportlari egalariga topshirildi

2019 yil 1 yanvardan fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilgan.

Ushbu pasport Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan 10 ish kuni mobaynida ishlab chiqariladi. Pasportning amal qilish muddati — 10 yil.

Bugungi kunda poytaxtdagi 8000 dan ziyod fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportini ro`yxatdan o`tkazish va olish uchun ariza topshirgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

2019 yil 12 yanvardan boshlab IIBBning Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining tumanlardagi bo`linmalari tomonidan tayyor pasportlarni o`z egalariga topshirish boshlandi.
Shunday tantanali marosimlar bir nechta migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalarida bo`lib o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1