1

Akademik lisey o`quvchilari xalqaro fan olimpiadasida 10ta medalni qo`lga kiritdi

Jamiyat 16.01.2019, 15:22
Akademik lisey o`quvchilari xalqaro fan olimpiadasida 10ta medalni qo`lga kiritdi

2019 yil 10-15 yanvar kunlari Qozog`istonning Olmaota shahrida dunyoning 18 davlatidan 540 nafar o`quvchilar ishtirokida matematika, fizika va informatika fanlaridan Jautikov nomli 15-Xalqaro olimpiada bo`lib o`tdi.

O`quvchilarimiz ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza - jami 10 ta medalni qo`lga kiritishdi.

Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorako`l akademik liseyining 3-kurs o`quvchisi Abbos Sayliev ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada matematika fanidan oltin medalni qo`lga kiritdi. Elbek Toshpo`latov, Jasur Imomov va Rasulbek Ozodov kabi iqtidorli o`quvchilarimiz esa kumush medalga sazovor bo`lishdi.

Shuningdek, O`zbekiston milliy universiteti, Jizzax davlat pedagogika va Samarqand iqtsiodiyot va servis institutlari qoshidagi akademik lisey o`quvchilari ham olimpiadada faol qatnashib, bronza medaliga ega bo`lishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1