1

Qorovul o`g`ri bo`lib chiqdi

Jinoyat 16.01.2019, 17:28
Qorovul o`g`ri bo`lib chiqdi

Shu yil 5 yanvar kuni noma`lum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan "Apollo Farm Trayd" xususiy korxonasiga qarashli omborxonaga deraza o`rnida bo`lgan gipsokarton devorini buzib kirgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, u erdan Mirzo Ulug`bek tumani Zulayxo ko`chasida yashovchi Sh.I.ga tegishli 800 dona "Trimetazidin digidroxlorid" nomli dori vositalarini o`g`irlab ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax viloyati Zomin tumani Baxt mahallasida yashovchi, yuqoridagi xususiy korxona qorovuli M.O`. va "Ulug`bek" MFY Xorazmiy ko`chasida yashovchi I.R.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1