AsosiyJamiyat

Tanzila Norboeva: Oqdaryoda ayol kishiga zo`ravonlik qilganlar qaytadan tergov qilinmoqda

'Tanzila Norboeva: Oqdaryoda ayol kishiga zo`ravonlik qilganlar qaytadan tergov qilinmoqda 'ning rasmi

Xalqaro press-klubda "O`zbekistonda xotin-qizlar va oila muammolari: ijtimoiy yordam, ishonch va maqsadli echimlar" mavzuida navbatdagi sessiya bo`lib o`tdi. Jonli efir orqali uzatilgan mazkur sessiya ishida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda ayollarning jamiyatda tutgan o`rni, ularning bandligini ta`minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilgan imkoniyatlar, ayollar o`rtasidagi jinoyatchilik, ayollarga nisbatan zo`ravonlik (Oqdaryo va Kattaqo`rg`on tumanlaridagi voqealar misolida), ajrim kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Tanzila Norboeva oqdaryolik fermer xo`jaligi ishchisi bo`lgan ayol ishi yuzasidan respublika Bosh prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qayta ko`rib chiqilayotganini aytib o`tdi.

Shuningdek, "Ayol sha`nini toptaganlar jazosini oladi", - deb alohida ta`kidladi.

Xalqaro press-klub ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayzieva, Qurilish vaziri o`rinbosari Erkin Iskandarov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining direktor o`rinbosari Dilbar Alimjanova, Mirobod tumani hokimi Shuxrat Po`latov, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Bositxonova, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki departamenti direktori o`rinbosari Nodir Komilov ishtirok etdi

    Boshqa yangiliklar