1

Xorazmda bank boshqaruvchisi firibgarlik qildi

Jinoyat 17.01.2019, 16:37
Xorazmda bank boshqaruvchisi firibgarlik qildi

Bog`otlik, 1982 yilda tug`ilgan, J.X. ancha yillardan buyon bank tizimida ishlab, jamiyatda o`ziga yarashga obro`-e`tiborga ega bo`lgandi. Uning ish tajribasi va shaxsiy hislatlari inobatga olingan holda bundan 3 yil oldin, viloyatdagi banklardan birining Hazorasp tumanidagi filialiga boshqaruvchi etib tayinlangan edi.

Ammo, mazkur bank filiali boshqaruvchisi tomonidan oqibatini o`ylamasdan qo`yilgan bir qadam uning yillar davomida orttirgan xurmatiga putur etkazdi.

Ya`ni, 2018 yil oktyabr oyining boshida u Hazorasp tumani qishloq xo`jalik bo`limida ishlovchi, S.M.ga uning bank plastik kartochkasida bo`lgan 22 000 000 so`m pullarini naqdlashtirib berishini aytib, ishonchiga kirib, plastik kartochkasi olib qolib undagi mablag`larni o`z extiyojlari uchun sarflab yubordiyu, plastik kartochka egasiga naqd pul berish navbati kelganida, turli bahonalarni ro`kach qilib, o`zini olib qochib yurdi.

Fuqaro S.M.ning murojaati asosida ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlaridan so`ng, bank filiali boshqaruvchisiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Bu borada, Viloyat IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilov xabar qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1