1

"Cobalt"ni navbatsiz olib berish uchun "shapka" olgan shaxs ushlandi

Jinoyat 18.01.2019, 10:27
"Cobalt"ni navbatsiz olib berish uchun "shapka" olgan shaxs ushlandi

Fuqaro Z.K. fuqaro O.dan «Chevrolet cobalt» rusumli avtomashinani avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali navbatsiz olib berish evaziga 400 AQSh dollari oldi...

Ammo uning dollarni qo`liga olgan vaqtdagi hursandchiligi uzoqqa cho`zilmadi. U O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtissodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jarqo`rg`on tumani bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lga olindi.

Tadbir davomida ushlangan fuqaro Z.K.ning yonida 17 ming 850 AQSh dollari va 773 ming so`m pul mablag`lari borligi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan izoh so`ralganda, u dollarlarni Jarqo`rg`on tumani dehqon bozori atrofida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug`ullanuvchi notanish shaxslardan har bir AQSh dollarini 8350 so`mdan hisoblab, keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olganligini ma`lum qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.K.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1