O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Tulyakov Eldor Sobirjonovich "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori etib tayinlandi.
E.Tulyakov 1986 yilda Toshkent viloyati, Qibray tumanida tug`ilgan. 2008 yilda Xalqaro Vestminster universiteti, 2011 yilda Gyote nomli Frankfurt universitetining Huquq va moliya instituti magistraturasini tamomlagan.
Markaz direktori lavozimida shu vaqtga qadar Akmal Burhonov ishlab kelayotgandi.






