1

Soxta ma`lumotlar orqali 35 500 AQSh dollarni olgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 18.01.2019, 15:28
Soxta ma`lumotlar orqali 35 500 AQSh dollarni olgan shaxs qo`lga olindi

2019 yil 17 yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tuman IIBga tushgan hujjatlar to`plamiga ko`ra, 2018 yil 18 may kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Hamza ko`chasida yashovchi U.Z. ismli fuqaro Yashnobod tumanida yashovchi R.X. ismli shaxsga biznes bilan shug`ullanishni taklif qilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, keyinroq u R.X.ga «Samira Ziyo Nur» MChJ ta`sischilari tarkibiga kiritilganligi haqidagi qalbaki ma`lumotnomani ko`rsatish orqali undan 35 500 AQSh dollarini olib, pullarni o`z ehtiyojlari yo`lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, U.Z. qo`lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1