1

​O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi Koreya Ixtirochi Ayollar Assosiasiyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha kelishib oldi

Jamiyat 21.01.2019, 10:39
​O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi Koreya Ixtirochi Ayollar Assosiasiyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha kelishib oldi

Joriy yilning 15-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Narbaeva va Koreya Ixtirochi Ayollar Assosiasiyasi Prezidenti Yun Mung Xi rahbarligidagi hamda delegasiya a`zolari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda tomonlar o`zaro ixtirochilik faoliyati yuzasidan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va tajriba almashishni yo`lga qo`yish hamda xotin-qizlar bandligini ta`minlash masalasida koreyalik investorlarni jalb qilish bo`yicha bir qancha masalalarni kelishib oldilar.

Shu kuni Toshkent shaxridagi Inha unversitetida O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori va Toshkent shaxridagi Inha unversiteti rektori, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining vakillari va etakchi ekspertlari tomonidan Koreya Ixtirochi Ayollar Assosiasiyasi delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuvda xotin-qizlarning ixtirolari uchun halqaro patentlar olish, chet ellarda o`tkaziladigan tanlov, ko`rgazma va forumlarda ishtirok etishlarida qo`llab-quvvatlash, shuningdek dasutrchi xotin-qizlarni ishlanmalarini xalqaro darajaga olib chiqish bo`yicha suxbatlashildi.

Koreya Ixtirochi Ayollar Assosiasiyasining delegasiyasi a`zolari mamlakatimiz xotin-qizlari yaratayotgan milliy sa`nat namunalari ko`rgazmasi bilan tanishish uchun Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida delegasiya a`zolarining Samarqand va Toshkent shahridagi tarixiy obidalarga ekskursiyalari ham tashkil qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1