AsosiyJamiyat

2018 yil davomida 32,3 mingta nikoh bekor qilingan

'2018 yil davomida 32,3 mingta nikoh bekor qilingan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 32,3 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo`lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffisienti 1,0 promilleni tashkil etdi.

Ajrimlar sonida 2017 yilning mos davriga nisbatan yuqori o`sish sur`atlari Andijon (31,3 %), Toshkent shahriga (19,4 %), Surxondaryo (5,6%) va Toshkent (2,8 %) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.

2017 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Xorazm (23,1 %) va Qashqadaryo (20,0 %) viloyatlarida kuzatildi.

Avvalroq, 2018 yilda eng ko`p nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar