AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti berish boshlandi

'Toshkent viloyatida ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti berish boshlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportlarini berish boshlandi.

Kecha Toshkent viloyatilik 64 nafar hamyurtimizga birinchilardan bo`lib xorijga chiqish biometrik pasporti jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.

— Shular qatorida yurtdoshlarimizga xorijga chiqish biometrik pasporti va uning afzalliklari haqida batafsil ma`lumotlar ham berilmoqda, — deydi Toshkent viloyati IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig`i Nurjov Meliqulov. — Ayni chog`da hujjatlarni o`z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolarda bu borada tug`ilayotgan savol va masalalarga tezkorlik bilan hamda sifatli javob qaytarish ustuvor vazifamizga aylangan. Bu yo`nalishga eng malakali mutaxassislarimiz jalb etilgan.

photo5341368419506826062.jpg

Ta`kidlash joiz, davlatimiz rahbari tomonidan o`tgan yil 26 dekabr kuni qabul qilingan "O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O`zbekiston respublikasi biometrik pasport tizimini modernizasiya qilishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarori mazkur ezgu sa`y-harakatlarda muhim dasturilamal bo`lyapti.


    Boshqa yangiliklar