AsosiyJinoyat

Andijonda 67 yoshli otaxon xonadonida marixuana saqlagani aniqlandi

'Andijonda 67 yoshli otaxon xonadonida marixuana saqlagani aniqlandi'ning rasmi

Andijon viloyati Xonobod shahrining Fitrat nomidagi mahallasida yashovchi Ne`matjon Hamdamov (ism-sharifi shartli) xonadonida giyohvand modda saqlaganligi uchun qo`lga olindi. Bu haqda "Xalq so`zi" xabar berdi.

— U kishining qilmishini umuman oqlab bo`lmaydi, - deydi mahalla fuqarolar yig`ini raisi Faridaxon Matxoliqova. — Boisi, Ne`matjon Hamdamov 67 yoshni qoralagan, aslida barchaga maslahat berib, namunali xulqi bilan ibrat ko`rsatishi kerak.

Shahar ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda aniqlanishicha, fuqaro o`z xonadonida 25 gramm miqdorida marixuana giyohvand moddasini saqlab kelgan.

Hudud profilaktika inspektori, katta leytenant Shavkat Mirzaevning ma`lum qilishicha, u muqaddam giyohvand moddasini saqlash, iste`mol qilish va qotillik jinoyatlarini sodir etgan. Shu bois ichki ishlar hamda mahalla faollari e`tiborida bo`lgan. Bekorchilik tufayli yana salbiy illatlarga qo`l urishining oldini olish maqsadida doimiy ish joyi bilan ham ta`minlagandi.

    Boshqa yangiliklar