AsosiyJamiyat

Urganch xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli vaqtincha yopilgan

'Urganch xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli vaqtincha yopilgan'ning rasmi

Joriy yilning 20 yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha yopilgan. Bu haqda "O`zbekiston yo`llari" MAKning matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroport yopilishiga qor bo`roni va kuchli shamol sabab bo`lgan. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Reyslar olti soatga kechiktirilgan.

"Kompaniya texnik xavfsizlik talablariga ko`ra, yomon ob-havo sharoitida parvozlarni amalga oshirmaydi. Aeroport texnik ishlar yakunlanganidan so`ng o`z faoliyatini davom ettiradi", - deyilgan xabarda.

"O`zbekiston havo yo`llari" yo`lovchilardan vaqtincha noqulaylik uchun uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar