AsosiyJinoyat

O`zbekistonga psixofaol dori olib kirayotgan Tojikiston fuqarosi qo`lga olindi

'O`zbekistonga psixofaol dori olib kirayotgan Tojikiston fuqarosi qo`lga olindi'ning rasmi

2019 yil 20 yanvar kuni Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko`ra, shu yil 15 yanvar kuni Toshkent viloyatining Bekobod tuman "Oybek" chegara bojxona posti orqali O`zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi, So`g`d viloyati Xo`jand shahrida yashovchi 26 yoshli N.A.ning sumkasidan O`zbekiston hududida taqiqlangan 100 dona psixafaol dori vositalari topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar