AsosiyJinoyat

"Uy olib beraman", deb fuqaroni chuv tushirgan firibgar qo`lga olindi

'"Uy olib beraman",  deb fuqaroni chuv tushirgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

"Qo`qon shahrida Xalq qabulxonasida ishlayman, arzon imtiyozli uylardan olib beraman", deya yolg`on aytgan fuqaro o`z tanishini chuv tushirgan. Bu haqda Farg`ona viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qo`qon shahrida istiqomat qiluvchi B.O ismli fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil sentyabr oyida tanishi N.R uning ishonchiga kirib, ayoldan 5 ming 600 AQSh dollari va 3 million 650 ming so`m pullarini olib, shu kunga qadar pullarini qaytarib bermay kelayotganini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan N.R ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar