AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Alisher Navoiy jamg`armasi tuzildi

'O`zbekistonda Alisher Navoiy jamg`armasi tuzildi'ning rasmi

Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosiga bag`ishlangan ilmiy konferensiyaga xalqaro maqom berilgani shoir ijodiga dunyo miqyosida qiziqish kuchayib borayotganidan dalolat bermoqda. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar berdi.

— Anjuman tashkil etilgan yili uchta, o`tgan yili 6 ta mamlakatdan navoiyshunos olimlar qatnashdi, — deydi xalqaro konferensiyaning mas`ul kotibi, adabiyotshunos olim Ulug`bek Sattorov. — Bu yil 12 mamlakatdan 48 nafar navoiyshunos olim ishtirok etish istagini bildirib turibdi. Vengriya, Janubiy Koreya, Mo`g`uliston va Hindiston davlatlaridan tadqiqotchilar ilk bor qatnashadi.

Navoiy shahrida bu yilgi xalqaro konferensiya arafasida mamlakatda yagona bo`lgan Alisher Navoiy jamg`armasi tuzildi.

Kelgusida Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Tojikiston, Afg`oniston, Turkmaniston va boshqa davlatlarda jamg`armaning filiallarini ochish ko`zda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar