AsosiyJinoyat

Farg`onada tuzilgan zo`ravonlar "mafiya"si qo`lga olindi

'Farg`onada tuzilgan zo`ravonlar "mafiya"si qo`lga olindi'ning rasmi

Farg`ona shahrida bezorilik jinoyatlarini sodir etib, jamiyatda zo`ravonlik bilan ustun mavqega ega bo`lish maqsadida bir necha epizodda jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o`qildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

So`nggi yillarda mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish, huquq-tartibotni va fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlash bo`yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Biroq, amalga oshirilayotgan ishlarga qaramay, jamiyatimizda huquq-tartibot va jamoat tartibini mensimasdan zo`ravonlik, bezorilik va kuch ishlatish yo`li bilan “obro`”ga ega bo`lish niyatida yurgan shaxslar ham uchrab turgani achinarlidir. Shu maqsadda bir guruh shaxslar o`zaro til biriktirib, bir nechta holatda bezorilik jinoyatlarini sodir etishi aholi o`rtasida turli vahimalarga sabab bo`lishi mumkin va aholining osoyishta hayotiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmasdan qolmaydi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati Toshloq tuman sudi tomonidan ana shunday “obro`”ga ega bo`lish maqsadida Farg`ona shahar hududida aholi o`rtasida turli vahima va e`tirozlarga sabab bo`lgan bir nechta bezorilik jinoyatlarini sodir etgan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishi ko`rib chiqildi.

Jinoyat ishi tafsilotlariga ko`ra, o`zining kuch-qudratiga haddan tashqari ishongan Inom Ismailov, Bekzod Mirahmedov, Bunyod Mirahmedov va muqaddam bezorilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan jazo o`tayotgan Hayitboy Ashiralievlar 2018 yil 9 aprel kuni Bobur Ismailovni Farg`ona tumani hududida joylashgan adirlikka olib borib, hech bir sababsiz uni urib-do`pposlab, o`rtacha og`ir shikast etkazganlar. Bu ham etmagandek, ularni ajratmoqchi bo`lgan fuqaro Z.Isroilov boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina oynasini o`zlari bilan olib borgan temir zanjir bilan urib sindirib, shikast etkazishgan.

Bundan tashqari, I.Ismailov, H.Ashiraliev bu safar o`zlariga sportning yakka kurash turi bilan shug`ullangan Davronbek Mamajanovni sherik qilib, 2018 yil 24 aprel kuni Farg`ona shahar Obihayot ko`chasida joylashgan T.G`ofurovga tegishli “Avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish” ustaxonasiga kelgan. Shu joyda I.Ismailov, H.Ashiraliev, D.Mamajanov ustaxonaga kelgan fuqarolarga o`z kuchini ko`rsatib qo`yish uchun hech bir sababsiz, avtomashinasini ta`mirlatish uchun kelgan fuqaro S.Yangiboevni urib-do`pposlaganlar. Shu ustaxonada ishlovchi D.Abdullaev I.Ismailov, H.Ashiraliev va D.Mamajanovlarning ushbu bezorilik harakatini oldini olish chorasini ko`rmoqchi bo`lganida uni ham do`pposlashgan.

Bundan tashqari, I.Ismailov, Bunyod Mirahmedov, Bekzodjon Mirahmedov, H.Ashiraliev, D.Mamajanov 2018 yil 24 aprel kuni kech soat soat 21:00 larda Farg`ona shahridagi “Nazirali ota” choyxonasi yoniga kelgan. Shu erda A.Otajonov ularga fuqaro T.G`ofurovga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish shoxobchasida ilgari bo`lgan janjal bo`yicha kelishtirib qo`yish va kelgusi janjallarini oldini olish yuzasidan gapirayotgan paytda uni ham hech bir sababsiz urib do`pposlaydi.

Bundan tashqari, I.Ismailov bu safar Bunyod Mirahmedov bilan birga pichoq va boshqa temir jismlar bilan qurollanib, 2018 yil 24 iyun kuni kech soat 22:00 larda Farg`ona shahar Yurtparvar ko`chasidagi 10-uy oldidan yurib borayotgan N.Boymurotovdan avtomashinaga chiqishini talab qilishgan. Shu vaqtda ular oldiga kelgan fuqaro G`.Muxtorovni hech bir sababsiz urib, unga ham tan jarohati etkazilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati Toshloq tumani sudining hukmi bilan Inom Ismailov, Bekzod Mirahmedov, Bunyod Mirahmedov, Hayitboy Ashiraliev, Davronbek Mamajonovlar yuqoridagi jinoyatlarni sodir etishda aybli deb topilib, ularga nisbatan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar