AsosiyJinoyat

Kadastr hujjatlarini 3,6 million so`mga rasmiylashtirib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Kadastr hujjatlarini 3,6 million so`mga rasmiylashtirib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasi Jarqo`rg`on tumani filiali mutaxassisi S.X. fuqaro U.X.dan uning otasiga tegishli bo`lgan 22 sotix er uchastkasining kadastr hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 3,6 million so`m so`ragan.

Biroq, tamagirlikning oxiri voy, deganlaridek, u pullarni xizmat xonasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jarqo`rg`on tumani bo`limi va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda ushbu holat fosh etilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan fuqaro S.X.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar