2018 yil 19 noyabr kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani Surum mahallasida yashovchi F.H. IIBga murojaat qilib, unda 2018 yil 16 noyabr kuni soat 13:30 dan 17:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs uning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonasidan 1 500 AQSh dollari va zargarlik buyumlarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Bektemir tumani Chashma mahallasida yashovchi M.D. (ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, tergov davom etmoqda.






