AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi paxta sexida ko`p miqdorda davlat mulki talon-toroj qilinganligi aniqlandi

'Surxondaryodagi paxta sexida ko`p miqdorda davlat mulki talon-toroj qilinganligi aniqlandi  'ning rasmi

Surxondaryo viloyati paxta tozalash korxonalaridan birida sex boshlig`i lavozimida ishlab kelgan S.S. 5 turdagi umumiy qiymati 214,4 million so`mlik 72 tonna sara urug`lik chigitini soxta dalolatnomalar rasmiylashtirgan holda chiqim qilgan. Dalolatnomada go`yoki chigit belgilangan tartibda saqlanmagani uchun sifati buzilgani va ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgani ko`rsatilgan.

Shu tariqa ushbu shaxs juda ko`p miqdordagi davlat mulkini talon-toroj qilganligi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Inspeksiyaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar