Toshkent davlat pedagogika universitetining koreys tili va adabiyoti yo`nalishida tahsil oluvchi ikki nafar talabasi «Shinhan Dream Foundation» fondining stipendiyasi sohibiga aylandi.
Universitetning Rus tili va adabiyoti fakulteti Koreys tili va adabiyoti yo`nalishi talabalari Dyu Andrey hamda Kim Natalyaga 600 AQSh dollari miqdorida ta`lim stipendiyasi taqdim etildi. Bu haqda oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur stipendiya Koreya Respublikasining «Friendasia» assosiasiyasining xalqaro aloqalar hamda xorijiy stipendiyalar loyihasi doirasida tayinlanadi.






