AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bir qiz yo`qolgani haqida xabar berildi

24 yanvar kuni taxminan soat 15:40da 2005 yilda tug`ilgan Anvarova Farangiz Hayrullo qizi Chilonzor tumani hududida uyidan chiqib ketib, izsiz yo`qolgan, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Belgilari: bo`yi 155-160 sm, sochlari uzun qo`ng`ir rang.

Yo`qolgan kuni qiz kalta qora kurtkada, oq vodolazka, qora yubka, hamda qora tuflida bo`lgan.

Toshkent shahar IIBB fuqarolardan yo`qolgan qizni topishda yordam so`ramoqda.

"Agar kimdir yo`qolgan qizlarni ko`rgan yoki ular qaerda ekanligi haqida ma`lumotga ega bo`lsa, 102 raqamiga murojaat qilishlarini so`raymiz", - deyilgan xabarda.

Avvalroq 16 yoshli qiz yo`qolgani haqida xabar berib o`tgan edik.


    Boshqa yangiliklar