AsosiyJamiyat

Samarqandda 81 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi aniqlandi

'Samarqandda 81 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi aniqlandi'ning rasmi

Samarqand viloyat hududida yo`l transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida joriy yilning 25 yanvar kuni “Avtopatrul” reyd tadbiri o`tkazildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB YHXB.

Ushbu tadbirda Yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 1977 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo`lib, bu qoidabuzarliklarning 1002 tasini qo`pol qoidabuzarliklar tashkil etadi.

"Jumladan, 81 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 109 ta tegishli xujjatlarsiz va transport vositasini boshqarish xuquqiga ega bo`lmagan shaxslar tomonidan boshqarish bilan bog`liq, 296 ta odam tashish qoidasini buzish, 7ta harakat vaqtida telefondan foydalanish, 324 ta yo`l belgilariga rioya qilmaslik, 285 ta quvib o`tish qoidasini buzish, 7 ta tusi o`zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o`rnatilgan, 304 ta boshqa turdagi qoidabuzarliklar aniqlanib, 207 ta transport vositalari jarima maydoniga qo`yildi", - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar