AsosiyJamiyat

Tashqi savdo vazirligiga yangi vazir tayinlandi

'Tashqi savdo vazirligiga yangi vazir tayinlandi'ning rasmi

"O`zcharmsanoat" uyushmasi raisi Sardor Umurzoqov O`zbekiston Tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qildi.

U bu lavozimda Jamshid Xo`jaev o`rnini egalladi.

Sardor O`ktamovich Umurzoqov 2018 yilning 1 iyun kuni “O`zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlangandi. U bundan avval “O`zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining o`rinbosari bo`lib ishlagan.

Sardor O`ktamovich Umurzoqov 1977 yilning 23 noyabr kuni tug`ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

    Boshqa yangiliklar