O`zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi vazifasida ishlagan Alisher Abdualiev O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga o`rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
"2019-yilning 28 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hay`atning kengaytirilgan majlisida vazir o`rinbosari etib tayinlangan Alisher Abdualievni tanishtirdi", - deyilgan xabarda.






