"Vaqf" xayriya jamoat fondi ichimlik suvi etib bormagan chekka qishloqlarni suv bilan ta`minlash maqsadida "Obi-hayot" nomli aksiya tashkil etilgan edi. Aksiya doirasida fond tomonidan qishloqlarga suv etkazish uchun amaliy harakatlar boshlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta`minlash, farmonning 8-bandida ko`zda tutilgan aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Bog`i Obod, Sebzor va Ehtirom mahallalari aholisiga “Vaqf“ xayriya jamoat fondi tomonidan ko`mak ko`rsatilmoqda.
12 ming nafarga yaqin aholi yashovchi ushbu qishloqlarga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan toza ichimlik suvi tarmog`ini o`tkazish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash uchun Fond tomonidan bir kilometrlik qazish va montaj ishlari boshlab yuborildi. Xayrli ishlarda ko`plab insonlar ishtirok etmoqda.






